Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2025- yilgi birinchi ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi.
Mazkur stipendiya tanlovi uchun o‘rinlar ajratishda STEM yo‘nalishlari (ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika) hamda iqtisodiyotning drayver sohalariga (energetika, transport, urbanizatsiya, arxitektura va qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, geodeziya, yer munosabatlari) shuningdek, davlat boshqaruvi va boshqa dolzarb ijtimoiy yo‘nalishlarga (tibbiyot, ta’lim) maqsadli asosda alohida ustuvorlik berildi.
2025 yil 1-ochiq stipendiya tanlovi uchun jami 450 ta o‘rin ajratilgan.
- bakalavriat — 130 ta o‘rin;
- magistratura — 220 ta o‘rin;
- doktorantura — 100 ta o‘rin.
Nomzodlarga hujjat topshirish jarayonida yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida jamg‘arma tomonidan onlayn platforma ishga tushirildi.
Nomzodlar hujjat topshirishda quyidagi ma’lumotlarni yuklashi lozim:
- jamg‘arma ijrochi direktori nomiga ariza (namunasi platformada mavjud);
- xorijiy universitetning qabul xati (Letter of acceptance);
- mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud bo‘lsa);
- attestat yoki diplom nusxasi;
- xalqaro til sertifikati;
- motivatsion insho va boshqalar.
Hujjatlar 16 iyungacha qabul qilinadi.
“El-yurt umidi” stipendiyasi O‘zbekiston prezidentining 2025 yil 5 maydagi farmoni bilan joriy etildi. Farmon bilan “El-yurt umidi” jamg‘armasi Prezident huzuridagi Istiqbolli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi etib qayta tashkil etildi.