AsosiyJamiyat

10 iyun kuni poytaxtning qator ko‘chalari yopiladi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi uchrashuv sabab Toshkentda bir nechta ko‘chalar yopiladi.

'10 iyun kuni poytaxtning qator ko‘chalari yopiladi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatining xabar qilishicha, 10 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Qatar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi: 

— Chilonzor va Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘ponota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘ponota - Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Chilonzor va KXAY ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor - Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan - Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

    Boshqa yangiliklar