AsosiyJamiyat

Qoraqalpog‘istonda fuqaroning mashinasidan 50 kg "opiy" moddasi topildi

Ushbu giyohvandlik moddasi Tojikistondan olib kelingan bo‘lgan.

'Qoraqalpog‘istonda fuqaroning mashinasidan 50 kg "opiy" moddasi topildi'ning rasmi

DXXning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi fuqaro 49 kg 599 gr "opiy" moddasini o‘zining boshqaruvida bo‘lgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar, tekshiruv davomida Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan mazkur giyohvandlik vositasi kelgusida Xorazm viloyati hududida sotilishi rejalashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan mazkur shaxsga nisbatan JKning 28,246-moddasining 2-qismi va 273-moddasining 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, tergov harakatlari doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.06.2025 21:34

    O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatildi

    Bu haqda O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.

    '"Moody's" O‘zbekistonning reyting prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o‘zgartirdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.06.2025 20:25

    "Moody's" O‘zbekistonning reyting prognozini "barqaror"dan "ijobiy"ga o‘zgartirdi

    Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ushbu holatga munosabat bildirdi.

    'Qashqadaryoda soxta "profilaktika inspektori" fuqaroni aldab 500 dollar pora oldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.06.2025 19:19

    Qashqadaryoda soxta "profilaktika inspektori" fuqaroni aldab 500 dollar pora oldi

    "Profilaktika inspektori" ayoldan yana 1,5 mln so‘m olayotganda qo‘lga tushgan.

    'Andijonda ikkita "Damas" to‘qnashib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.06.2025 16:59

    Andijonda ikkita "Damas" to‘qnashib ketdi

    19 yoshli haydovchi o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan.

    'Toshkentda "Tez yordam" mashinasi va Spark o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 14.06.2025 15:33

    'Toshkentda qalbaki quyma oltin sotayotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 14.06.2025 14:19

    Toshkentda qalbaki quyma oltin sotayotganlar qo‘lga tushdi

    Ular 2,06 kg "tilla"ni 70 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan.