AsosiyDunyo

Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi

Hujum oqibatida 16 nafar ukrainalik jarohatlangan.

'Rossiya Ukrainaga dronlar bilan hujum qildi'ning rasmi

Bugun, 17 iyun kuni ertalab Rossiya tomonidan Ukraina poytaxti Kiyev bo‘ylab turli tumanlarga zarba berildi. Hujum oqibatida ko‘p qavatli uy shikastlandi, yong‘inlar chiqdi va 16 nafargacha odam jarohatlandi. Bu haqda “Meduza” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, odamlar poytaxt osmonida dronlar uchgan va ular boshlaridan raketalar o‘tayotganiga o‘xshash tovushlarni eshitgan.

Havo hujumi xavfi to‘g‘risidagi ogohlantirish e’lon qilinganidan keyin ham yetti soatdan ziyod vaqt mobaynida amalda qolgan.

Poytaxtdan tashqari hududlar ham hujumga uchragan, jumladan, Kiyev atrofidagi joylar va janubi-sharqiy Zaporoje shahri. U yerda hududiy gubernator kamida to‘rtta zarba qayd etilganini ma’lum qildi.

Kiyev shahar hokimi Vitaliy Klichko Telegram orqali bergan ma’lumotga ko‘ra, jarohatlanganlarning ko‘pchiligi shahar markaziga yaqin joylashgan Solomyanskiy tumanida bo‘lgan.

U yerda dron ko‘p qavatli uyning ustki qavatini va boshqa turarjoy bo‘lmagan binolarni shikastlagan.

Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko 5 ta tumanda jami 12 ta zarba qayd etilganini aytdi.

Nishonlar orasida shaharning sharqiy chetida joylashgan bolalar bog‘chasi ham bo‘lgan.

“Poytaxtga murakkab hujum amalga oshirilmoqda. Rossiyaliklar raketalar va dron zarbalarini birgalikda qo‘llamoqda. Turli tumanlarda yong‘inlar chiqdi, tezkor xizmatlar faoliyat olib boryapti”, deb yozdi Tkachenko. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar Solomyanskiy tumaniga bir necha bor hujum qilgan.

“Bu juda og‘ir tun bo‘ldi”, deb yozdi u. 

Shuningdek, ayrim hududlarda elektr uzilishlari ham kuzatilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saudiyalik taniqli jurnalist qatl etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:58

    Saudiyalik taniqli jurnalist qatl etildi

    Saudiya Arabistoni hukumati jurnalistni davlatga xoinlik, chet el tuzilmalari bilan hamkorlik, terrorizmni moliyalashtirish, milliy xavfsizlik va birlikka tahdidda aybdor deb topgan.

    'Shimoliy Koreya kemasining ag‘darilishi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:24

    Shimoliy Koreya kemasining ag‘darilishi

    Bitta xatolik orqasidagi butun boshli rejim haqida nima bilib oldik?

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:56

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:53

    'Tramp: Rossiyaning “G8”dan chiqarilishi Putinni ranjitdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:50

    Tramp: Rossiyaning “G8”dan chiqarilishi Putinni ranjitdi

    Qo‘shma Shtatlar yetakchisi ushbu qarorni mamlakatning sobiq prezidenti Barak Obama bilan bog‘ladi.

    'Tramp AQSH tarixidagi eng katta ommaviy deportatsiyani amalga oshirmoqchi'ning rasmi

    Dunyo 16.06.2025 17:26

    Tramp AQSH tarixidagi eng katta ommaviy deportatsiyani amalga oshirmoqchi

    AQSH prezidenti mamlakatdagi yirik norozilik namoyishlariga qaramasdan, noqonuniy muhojirlarni hibsga olish va deportatsiya qilish choralarini kuchaytirishga ko‘rsatma berdi.