Tolibon Xitoy bilan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, Tolibon boshqaruvidagi Afg‘oniston Kon va neft vazirligi Xitoyning “Afchin” kompaniyasi bilan tuzilgan 25 yillik neft shartnomasini bekor qildi.
Bunga sabab sifatida kompaniyaning shartnoma shartlarini bir necha bor buzgani ko‘rsatilgan.
Amudaryo neft konini qazib olishga oid bu kelishuv bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilgan, natijada “Afchin” o‘z majburiyatlarini bajarmagani aniqlangan.
Tolibon xalqaro konsalting kompaniyalarini hisob-kitoblarni aniqlashtirishga jalb etmoqda.
Shartnomaga ko‘ra, kompaniya dastlabki yilda 150 million, keyingi uch yilda esa 450 million dollar sarmoya kiritishi kerak edi.
Amudaryo havzasida 87 million tonna neft zaxirasi borligi aytilgan.