AsosiyDunyo

Rim papasi Madonna va Anjelina Joli bilan qarindosh bo‘lib chiqdi

Genealoglar Robert Prevost (Lev XIV)ning XVI asr boshida tug‘ilgan 12-bobokalonigacha bo‘lgan ajdodlarini o‘rganishdi.

'Rim papasi Madonna va Anjelina Joli bilan qarindosh bo‘lib chiqdi'ning rasmi

Rim papasi Lev XIV Madonna va Anjelina Joliga qarindosh bo‘lib chiqdi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Ma’lum qilinishicha, gazeta jurnalisti American Ancestors va Kuba genealogiya klubi mutaxassislari bilan hamkorlikda birinchi amerikalik pontifikning shajara daraxtini o‘rgandi.

Genealoglar Robert Prevost (Lev XIV)ning XVI asr boshida tug‘ilgan 12-bobokalonigacha bo‘lgan ajdodlarini o‘rganishdi. Aniqlanishicha, Lev XIVning ajdodlari ildizi Fransiya, Italiya, Ispaniya, Kanada, Kuba, Gaiti va Gvadelupaga borib taqaladi.

"Uning ajdodlaridan 17 nafari — qora tanlilar, 12 nafari — quldorlar, qolganlari qullikka tortilganlar bo‘lgan", — deb yozdi Spiegel Online hamkasblari to‘plagan ma’lumotlarga asoslanib.

Rim papasi ona tomonidan taxminan 1590-yillarda tug‘ilgan olis ajdodi orqali Kanada sobiq bosh vaziri Jastin Tryudo, AQSH sobiq davlat kotibi va birinchi xonimi Hillari Klinton, aktrisa Anjelina Joli, pop-yulduz Jastin Biber, yozuvchi Jek Keruak va musiqa olami afsonasi Madonna bilan uzoq qarindosh ekani ma’lum bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar