AsosiyJamiyat

Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga tushdi

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, fuqarolarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

'Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

Qayd etilishicha, “Qoradori-2025” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Samarqand viloyati IIB TQX JQB “Gihyovandlik va psixotrop moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish“ bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Urgut tumanida yashovchi shaxs o‘zining tanishlariga 1 gr giyohvandlik moddasini 130.000 so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan. Olingan ma’lumotga asosan 2025 yil 18 iyun kuni Samarqand shahar Galaosiyo mahallasida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Urgut tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Urgut tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan tanishi bilan birgalikda tadbirga shartli xaridor sifatida qatnashgan fuqaroga 1 kg giyohvandlik moddasini 10.000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olindi.

    Boshqa yangiliklar