AsosiyJamiyat

Yevropa Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritadi

Sanksiyalar paketi 27 ta davlat tomonidan imzolanishi kutilmoqda.

'Yevropa Rossiyaga yangi sanksiyalar kiritadi'ning rasmi

Yevropa Ittifoqi 10 iyun kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ittifoqning fikricha, Moskvaning Ukrainaga qarshi har kungi hujumlari uning tinchlikdan manfaatdor emasligini ko‘rsatmoqda.

Yangi sanksiyalar paketi Kremlning neft va gaz qazib olishdan pul ishlash qobiliyatini nishonga olgan. Bu Rossiya 2022 yilda Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli bosqinni boshlaganidan beri 18-sanksiya hisoblanadi.

Sanksiya Rossiya nefti eksporti narxining yuqori chegarasini bir barrel uchun 60 dollardan 45 dollargacha pasaytirishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, u uchinchi mamlakatlardagi Rossiya banklari va moliya institutlari bilan operatsiyalarni to‘liq taqiqlashni o‘z ichiga oladi.

YEI, shuningdek, Rossiya energetika infratuzilmasidan foydalanishni taqiqlashni taklif qilmoqda. Ittifoq mamlakatlariga “Shimoliy oqim” quvurlari bilan bog‘liq har qanday operatsiyalarda bevosita yoki bilvosita ishtirok etish ham taqiqlanishi bildirilgan.

Yangi paket Yevropa Ittifoqining 27 davlati tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi. Bunda Vengriya va Slovakiya kabi Kreml tarafdori bo‘lgan ba’zi hukumatlar jarayonni murakkablashtirishi mumkinligi aytilgan. Avvalroq ikkala davlat ham sanksiyalarni bloklash bilan tahdid qilgan bo‘lsa-da, hozirda ular taqiqlarni yoqlab ovoz bergan.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen sanksiyalar “kuch Rossiya tushunadigan yagona til bo‘lgani uchun” zarurligini aytgan.

“Biz Ukrainaga tinchlik tilaymiz. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zsiz o‘t ochishni to‘xtatish taklifiga qaramay, Rossiya Ukrainaga o‘lim va vayronagarchilik keltirishda davom etmoqda. Rossiyaning maqsadi tinchlik emas, balki kuch hukmronligini o‘rnatishdir. Shuning uchun biz Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqdamiz”, dedi Fon der Lyayen.

Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Polsha rahbarlari may oyida Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishini yoki ehtimoliy “qattiq” sanksiyalarga duch kelishini aytgan edi. Putin ultimatumni e’tiborsiz qoldirib, uning o‘rniga Moskva va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazishni taklif qilgandi.

YEI nima uchun Rossiyaning energetika sektorini nishonga olganini tushuntirar ekan, komissiya rahbari neft eksporti hali ham Rossiya hukumati daromadlarining 1/3 qismini tashkil etishini va bu daromad manbayini qisqartirish kerak ekanligini aytgan.

Neft narxining yuqori chegarasi 2022 yil dekabr oyida Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari tomonidan joriy etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Zangiota va Andijonda dala hovlida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:48

    Zangiota va Andijonda dala hovlida tashkil etilgan narkolaboratoriya fosh qilindi.

    Tezkor tadbirlar davomida 26 kg “mefedron” hamda qariyb 1,5 tonna prekursor va kimyoaviy moddalar musodara qilindi.

    'Innovatsion rivojlanish agentligida "Olima" klubi tashkil etiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:27

    Innovatsion rivojlanish agentligida "Olima" klubi tashkil etiladi

    Innovatsion rivojlanish agentligida 11 fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan “Ilm-fanda ayollar ovozasi” mavzusida davra suhbatı bo‘lib o‘tdi.

    'Prezident Sudyalar oliy kengashi raisining axborotini tingladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:12

    Prezident Sudyalar oliy kengashi raisining axborotini tingladi

    12 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Sudyalar oliy kengashi raisining yil yakunlari bo‘yicha axboroti bilan tanishdi.

    'Dollar kursi yana tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:54

    Dollar kursi yana tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 fevral kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    '"Baxtiyor Toshkentiy"ning akasi qilgan jinoyatlaridan afsusda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:06

    "Baxtiyor Toshkentiy"ning akasi qilgan jinoyatlaridan afsusda

    Shuhrat Qudratullayev IIV eʼlon qilgan “Soʻnggi pushaymon” koʻrsatuvida ishtirok etib, oʻtgan hayoti va qilgan xatolari haqida gapirdi.

    'Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:09

    Shvetsiyadan 21 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.

    11 fevral kuni kechki payt bortida 21 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan charter reys Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.