AsosiyJamiyat

Samarqandda giyohvandlik moddalarini pullab yurgan ikki nafar shaxs qo‘lga tushdi

Holat yuzasidan ikkala fuqaroga ham qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

'Samarqandda giyohvandlik moddalarini pullab yurgan ikki nafar shaxs qo‘lga tushdi'ning rasmi

Samarqand viloyati Urgut tumanida 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming AQSH dollari evaziga sotayotgan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Urgut tumanida yashovchi shaxs o‘zining tanishlariga 1 gr giyohvandlik moddasini 130 ming so‘m evaziga qonunga xilof ravishda sotib kelayotganligi ma’lum bo‘lgan.

Olingan ma’lumotga asosan 1984 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zining Urgut tumanida yashovchi 1990 yilda tug‘ilgan tanishi bilan birgalikda xaridor sifatida qatnashgan fuqaroga 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming AQSH dollari evaziga pullayotganda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ikkala fuqaroga ham qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Boshqa yangiliklar