AsosiySiyosat

Toshkentda Turkiya elchixonasi qoshida maktab quriladi

Maktab Shayxontohur tumanidagi 0,31 gektar yerda barpo etiladi.

'Toshkentda Turkiya elchixonasi qoshida maktab quriladi'ning rasmi

Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi maktabiga bino qurish uchun yer ajratib berildi. Bu haqdagi qaror Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov tomonidan joriy yilning 5 iyun kuni imzolangan. 

Qarorda qayd etilishicha, Turkiya Respublikasi elchixonasi qoshida maktab binosi qurilishi uchun Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Kohota MFY hududida joylashgan aholi punktlari yerlaridan maydoni 0,31 gektarli yer uchastkasi (chegara rejasiga muvofiq) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga doimiy foydalanishga ajratib beriladi. 

Hujjatda urg‘ulanishicha, agar Yer kodeksining 36-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan holatlar yuzaga kelganda, ushbu qaror belgilangan tartibda bekor qilinishi ham mumkin.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 fevral kuni Turkiyaning o‘sha vaqtdagi O‘zbekistondagi elchisi Olgan Bekar Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov bilan uchrashgandi. Elchi qabul uchun Umurzoqovga minnatdorlik bildirib, O‘zbekistondagi diplomatik missiyasi yakuniga yetayotganini ma’lum qilgan hamda avval muhokama qilingan masalalar – Turk maktabini kengaytirish, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk nomini Toshkent ko‘chalaridan biriga berish hamda Toshkent shahrida Turk bog‘ini tashkil etish bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda turk maktabi 1993 yilda tashkil etilgan. 1998 yilda esa akademik litsey o‘z faoliyatini boshlagan. Unda faqat Turkiya fuqaroligiga ega oilalarning farzandlari Turkiya milliy ta’lim vazirligi tomonidan belgilab berilgan dastur asosida o‘qitiladi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi'ning rasmi

    Siyosat 09.06.2025 18:07

    Shavkat Mirziyoyev BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi

    Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo‘shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

    'O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarni tashkil etdi'ning rasmi

    Siyosat 09.06.2025 17:24

    O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qariyb 50 mlrd dollarni tashkil etdi

    Bu Markaziy bankning 2013 yildan buyon kuzatuvlari tarixidagi rekord ko‘rsatkichdir.

    'O‘zbekiston va Slovakiya munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi'ning rasmi

    Siyosat 09.06.2025 14:04

    O‘zbekiston va Slovakiya munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarildi

    Shavkat Mirziyoyev va Robert Fitsoning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 09.06.2025 08:38

    'Baxtiyor Saidov Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

    Siyosat 08.06.2025 19:39

    Baxtiyor Saidov Hindiston bosh vaziri bilan uchrashdi

    Tomonlar keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar yaratilayotganini qayd etishdi.

    'Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

    Siyosat 08.06.2025 16:41

    Bolgariya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

    Tashrif 9-11 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.