Janubiy Amerikaning Kolumbiya davlatida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
AQSH Geologiya xizmati zilzila epimarkazi mamlakatning Kundinamarka ma’muriy hududidagi Paratebuyeno shahridan 17 kilometr shimoli-sharqda joylashganini ma’lum qildi.
Taxminan 10 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan zilzila yaqin atrofdagi shaharlarda, ayniqsa poytaxt Bogota shahrida sezildi.
Kolumbiya geologiya xizmati zilzila magnitudasi 6,4 ekanini ma’lum qildi, silkinish mahalliy vaqt bilan 08.08 da sodir bo‘lgan.
Kolumbiya OAV ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila oqibatida qurbonlar va moddiy yo‘qotishlar yo‘q.