AsosiyDunyo

AQSHning Eronga bergan zarbasiga BMT munosabat bildirdi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning bu boradagi bayonoti BMT saytida chop etildi.

'AQSHning Eronga bergan zarbasiga BMT munosabat bildirdi'ning rasmi

Bosh kotibning aytishicha, AQSHning Eron yadroviy inshootlarini bombardimon qilishini mintaqadagi xavfli avj olish va tinchlik hamda xavfsizlikka bevosita tahdid hisoblanadi.

Shuningdek, mojaro tezda nazoratdan chiqib ketishi mumkin va bunday oqibat xavfi tobora ortib bormoqda. Guterrishning fikricha, bunday ssenariy tinch aholi uchun ham, mintaqa uchun ham, butun dunyo uchun ham halokatli oqibatlarga olib keladi.

“Harbiy yechim yo‘q. Oldinga yagona yo‘l – diplomatiya. Yagona umid – tinchlik”, dedi u BMTga a’zo davlatlarni keskinlikni pasaytirishga, BMT Nizomi va xalqaro huquqni himoya qilishga chaqirar ekan.

    Boshqa yangiliklar