AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

Mansabdor shaxs xizmat lavozimidan foydalanib, fuqarodan 1200 AQSH dollari talab qilgan.

'Toshkent viloyatida kadastr xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi fuqarodan 1200 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ushlandi. Bu haqda DXX axborot xizmati “Darakchi.uz”ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida kadastr muhandisi mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga qonun doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berishini va’da qilgan.

So‘ng qilga ishi evaziga 1200 AQSH dollari talab qilgan. Va kelishilgan summani olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada MIB boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 20.06.2025 18:12

    Farg‘onada MIB boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi

    U javobgarlarni xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish yuzasidan ijro harakatlarini yakunlab berish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qiladi.

    'Poyezdda 300 ming so‘m evaziga qo‘shmachilik qilgan vagon xizmatchisi jazolandi'ning rasmi

    Jinoyat 20.06.2025 13:24

    Poyezdda 300 ming so‘m evaziga qo‘shmachilik qilgan vagon xizmatchisi jazolandi

    Unga qilmishi uchun 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

    '11 yoshli o‘gay qizini muntazam zo‘rlab kelgan "bloger" 16,5 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 19.06.2025 18:24

    11 yoshli o‘gay qizini muntazam zo‘rlab kelgan "bloger" 16,5 yilga qamaldi

    U jazoning 1 yilini turmada, qolgan qismini umumiy tartibli koloniyalarda o‘taydi.

    'Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilardan attestatsiya uchun ommaviy pora olingani fosh bo‘ldi'ning rasmi

    Jinoyat 19.06.2025 07:35

    Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilardan attestatsiya uchun ommaviy pora olingani fosh bo‘ldi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Tojikistondan 16 kg giyohvand modda olib kirgan shaxs qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 17.06.2025 13:27

    'Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 16.06.2025 08:42

    Qashqadaryoda soliq inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari pora bilan ushlandi

    Hozirda holat yuzasidan qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.