AsosiySiyosat

Prezident Administratsiyasidagi 3 mansabdor ishdan olindi

Avvalroq Prezident farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilgandi.

'Prezident Administratsiyasidagi 3 mansabdor ishdan olindi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezidenti Administratsiyasida faoliyat yuritib kelayotgan 3 nafar mansabdor lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Xususan:

  • Saidlaziz Saidasilovich Saidkarimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan;
  • O‘tkirjon G‘ayratovich Kodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qilish va tahliliy materiallarni tayyorlash departamentining rahbari lavozimidan;
  • Jahongir Jovaxirlayevich Ibragimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rejalashtirish va axborot ta’minoti departamenti rahbari o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Prezident Administratsiyasi tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritilgandi hamda Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tashkil qilingandi. Qolaversa, Prezidentining farmoni bilan Saida Shavkatovna Mirziyoyeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Ismoilovich Allamjonov esa Prezident Administratsiyasi rahbarining jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchisi etib tayinlandi. Shuningdek, Aziz Yo‘ldoshevich Magrupov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimidan ozod etildi. Bekzod Mardonovich Mavlonov esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. 

    Boshqa yangiliklar