AsosiyDunyo

Eron AQSHning Qatardagi harbiy bazasiga raketa zarbasi yo‘lladi

Bildirilishicha, Eron tomonidan jami 10 ga yaqin raketa uchirilgan.

'Eron AQSHning Qatardagi harbiy bazasiga raketa zarbasi yo‘lladi'ning rasmi

Eron Islom Respublikasi AQSHning Qatardagi Al-Udeyd harbiy bazasiga bir necha raketa yo‘lladi. Bu haqda “Axios”va “Reuters”nashrlari ishonchli manbalarga tayanib xabar berdi.

Mahalliy vaqt bilan kechasi Doha osmonida portlashlar ovozi eshitilgan. Guvohlarning aytishicha, bu tovushlar havo mudofaasi tizimi — PVO ishga tushganidan dalolat beradi.

“Axios” ma’lumotiga ko‘ra, Eron tomonidan jami 10 ga yaqin raketa uchirilgan. Ulardan asosiy qismi AQSHning Qatardagi Al-Udeyd bazasini nishonga olgan. “

“Ynet”nashrining yozishicha, yana bir raketa AQSHning Iroqdagi harbiy bazasiga yo‘naltirilgan.

Tehron zarbalarni AQSHning Erondagi “tinch atom obyektlariga” qarshi harakatlariga javob sifatida izohlagan. Eron Islom inqilobi posbonlari korpusi (KXIR) bu holatni “xalqaro huquqning qo‘pol buzilishi” deya atadi.

Hujum fonida Iroqda joylashgan AQSH bazalarida maksimal jangovar holat e’lon qilindi. Bundan tashqari, Qatar va BAA o‘z havo hududlarini yopgan. Bu esa mintaqadagi keskinlik yanada ortayotganidan dalolat beradi.

Rasmiy AQSH tomoni hozircha voqeaga munosabat bildirmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Braziliyalik erkak qamoqdan qochayotganda devorga tiqilib qoldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:45

    Braziliyalik erkak qamoqdan qochayotganda devorga tiqilib qoldi

    U buning uchun 2 kun davomida tunnel qazigan.

    'Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:36

    Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi

    Ikki falastinlik halok bo‘ldi, 35 nafari yaralandi, jarohatlanganlardan 16 nafarining ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.

    'AQSH va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:04

    AQSH va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

    Agentlik rahbari katta eskalatsiya xavfi haqida ogohlantirdi va mojaroga zudlik bilan barham berishga chaqirdi.

    'Makron AQSHning Erondagi yadroviy hujumlarini qoraladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:31

    Makron AQSHning Erondagi yadroviy hujumlarini qoraladi

    Fransiya prezidenti AQSHning Eron yadroviy inshootlariga bergan zarbasini xalqaro huquqqa zid deb atadi.

    'AQSH Yevropa Ittifoqini internetdan uzib qo‘yishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 23.06.2025 22:07

    AQSH Yevropa Ittifoqini internetdan uzib qo‘yishi mumkin

    AQSHning texnologik ustunligi Yevropa suverenitetiga tahdid solmoqda.

    'G‘azoda mojaro boshlanganidan beri 50 ming bola halok bo‘lgan yoki yaralangan'ning rasmi

    Dunyo 23.06.2025 17:46

    G‘azoda mojaro boshlanganidan beri 50 ming bola halok bo‘lgan yoki yaralangan

    YUNISЕF hozirgi global vaziyatni "bolalik uchun eng yomon vaqt" deb ta’rifladi.