AsosiySiyosat

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi

Shuningdek, qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

'O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston prezidentlari sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladi'ning rasmi

Ulan-Bator shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Keng qamrovli sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, Prezidentlar huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

  •  o‘simliklar karantini va himoyasi, oliy ta’lim, tog‘-kon sanoati, atrof-muhitni muhofaza qilish, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish, sog‘liqni saqlash va tibbiyot fani, jismoniy tarbiya va sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar;
  •  ikki mamlakat arxiv idoralari o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;
  •  O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Iqtisodiyot va taraqqiyot vazirligi o‘rtasida, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida 2025-2028 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturlari;
  • O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Mo‘g‘uliston Oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va yengil sanoat vazirligi o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha hamkorlik rejasi;
  • O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi bilan Mo‘g‘uliston Madaniyat, sport, turizm va yoshlar vazirligi o‘rtasida ekoturizm sohasidagi harakatlar rejasi.

  

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 14:07

    Prezident Maxsus operatsiyalar kuchlarining yangi poligonida mashg‘ulotlarni kuzatdi

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida tashkil etilgan Maxsus operatsiyalar kuchlari poligoni faoliyati bilan tanishib, bo‘linmalarning jangovar tayyorgarligini yuqori baholadi.

    'Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 11:58

    Oʻzbekiston Mudofaa doktrinasi qayta koʻrib chiqiladi

    Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida zamonaviy tahdidlar sharoitida amaldagi Mudofaa doktrinasi va Milliy xavfsizlik kontseptsiyasini yangilash zarurligini ma’lum qildi.

    'Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.'ning rasmi

    Siyosat 12.01.2026 14:50

    Alisher Qodirov Solovyov bayonotlariga munosabat bildirdi.

    “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoni Rossiyaning “ta’sir zonasi” sifatida talqin qilgan chiqishlarini keskin tanqid qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev bir guruh prokuratura organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 15:45

    'Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor'ning rasmi

    Siyosat 07.01.2026 05:31

    Fransiya va Buyuk Britaniya Ukraina uchun qo‘shin yuborishga tayyor

    Fransiya va Buyuk Britaniya Rossiya bilan harbiy harakatlar to‘xtatilgach, Ukraina hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida qo‘shin yuborishga tayyor.

    '“Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?'ning rasmi

    Siyosat 02.01.2026 05:10

    “Maqsad — xalq hayotini yaxshilash”: Saida Mirziyoyeva nima uchun aynan hozir gapirdi?

    O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ilk katta intervyusida davlat boshqaruvi, islohotlar va shaxsiy qarashlari haqida ochiq fikr bildirdi.