AsosiyDunyo

Shveysariya Ukrainadan kelayotgan qochqinlarni qabul qilish tartibini keskin cheklamoqchi

Alp tog‘lari bag‘ridagi Shveysariya endilikda Ukrainadagi urushdan qochganlarga “tez yordam”ko‘rsatmaydi.

'Shveysariya Ukrainadan kelayotgan qochqinlarni qabul qilish tartibini keskin cheklamoqchi'ning rasmi

“Der Spiegel” nashriga ko‘ra, Shveysariya har bir qochqin yashagan mintaqaning xavfsizlik darajasini baholab, unga real tahdid bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlamoqchi.

Bu siyosat Yevropa Ittifoqining umumiy yondashuvidan farq qiladi — YEI hududida ukrainaliklarga yordam ko‘rsatish 2027 yilning martiga qadar uzaytirilgan.

Yangi tartiblar asosida Ukraina hududlari “xavfsiz” va “xavfli” deb tasniflanadi. Shveysarida hukumati bu borada Yevropa Ittifoqi va o‘zining federal kantonlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazmoqchi. Yangi qoidalar kuzda kuchga kirishi mumkin.

Shveysariya Migratsiya bo‘yicha davlat kotibiyati (SЕM)ga ko‘ra, hozirda Ukrainaning bir qancha g‘arbiy hududlarida faol jangovar harakatlar kuzatilmayapti.

Shuningdek, mamlakatda allaqachon maxsus maqom bilan yashayotgan ukrainaliklar uchun ham qoidalar qat’iylashtiriladi. Endilikda agar ular 6 oy ichida Ukrainada 15 kundan ortiq bo‘lsa, maxsus maqomidan mahrum qilinadi. Ilgari bu chegara har chorakda 15 kun edi.

Bugungi kunda Shveysariyada taxminan 69 ming nafar ukrainalik aynan shu maxsus maqomda yashamoqda.

    Boshqa yangiliklar