AsosiyDunyo

Rossiya sudi Kursk viloyatida asir olingan 184 nafar ukrainalikka hukm chiqardi

Mazkur ishlar Rossiya sudlaridagi boshqa terrorizm ishlaridan tubdan farq qiladi.

'Rossiya sudi Kursk viloyatida asir olingan 184 nafar ukrainalikka hukm chiqardi'ning rasmi

Rossiya Federatsiyasidagi 2-G‘arbiy harbiy okrug sudi 2024 yil dekabrdan 2025 yil iyungacha bo‘lgan davr mobaynida Kursk viloyatida asirga olingan 184 nafar ukrain fuqarosiga hukm chiqargan. Bu haqda “Mediazona” nashri xabar berdi.

Mazkur ishlar Rossiya sudlaridagi boshqa terrorizm ishlaridan tubdan farq qiladi: barcha ayblanuvchilarga yagona moddada — “og‘ir oqibatlarga olib kelgan guruh bo‘lib sodir etilgan terrorchilik harakati” aybi qo‘yilgan.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 6 avgust kuni Ukraina Qurolli Kuchlari Kursk viloyatida keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshlagan. Bu harakat Rossiyaning Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini boshlagan 2022 yil fevralidan beri birinchi shunday hujum hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar