AsosiyDunyo

Tramp davrida Rossiya NATOga hujum qilmaydi – The Washington Post

Tramp Gaagada bo‘lib o‘tgan NATO sammitining asosiy sessiyasida bu bo‘yicha va’da berdi.

'Tramp davrida Rossiya NATOga hujum qilmaydi – The Washington Post'ning rasmi

Gaagada bo‘lib o‘tgan NATO sammitining asosiy sessiyasida Donald Tramp "Rossiya u prezident bo‘lganida NATOga hech qachon hujum qilmasligiga va’da berdi". Bu haqda The Washington Post Yevropaning uch rasmiy vakiliga tayanib xabar berdi. 

Sammitning asosiy mavzusi NATO mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirish bo‘lib, bu borada ittifoq a’zolari kelishib oldilar. Bundan tashqari, Tramp sammitda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida ular o‘t ochishni to‘xtatish masalasini muhokama qilmagan — u Zelenskiy bilan shunchaki "vaziyat qandayligini bilmoqchi bo‘lgan". Keyinroq Ukraina prezidenti ham "jang maydonidagi vaziyat haqida gaplashganini" aytdi.

Sammitning yakuniy deklaratsiyasida ham Ukrainadagi urush haqida so‘z yuritilmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'YouTube'da 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun yangi cheklovlar joriy etilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 20:52

    YouTube'da 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar uchun yangi cheklovlar joriy etilmoqda

    13–15 yoshli o‘smirlar strim qilishni faqat katta yoshli shaxs hamrohligida amalga oshirishlari mumkin.

    'Qozog‘iston yuzni berkituvchi hijob kiyishni taqiqlamoqda'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 17:38

    Qozog‘iston yuzni berkituvchi hijob kiyishni taqiqlamoqda

    Senat tomonidan ma’qullangan hujjat imzolash uchun davlat rahbariga yuborildi.

    'Eronda besh kishi qatl etildi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 15:18

    Eronda besh kishi qatl etildi

    Ular Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan.

    'Tojikistonda “Ochiq osmon” siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarori kuchga kirdi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 15:01

    Tojikistonda “Ochiq osmon” siyosatini amalga oshirish to‘g‘risidagi hukumat qarori kuchga kirdi

    Xorijiy aviatashuvchilar Tojikiston kompaniyalari reyslari soniga teng miqdordagi reyslarni amalga oshirishlari mumkin edi. Endi bu qoida bekor qilindi.

    'Tramp Netanyaxuga qarshi sud ishini to‘xtatishga chaqirdi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 14:19

    Tramp Netanyaxuga qarshi sud ishini to‘xtatishga chaqirdi

    Qolaversa, Tramp Netanyaxuni o‘zining eng yaqin va uyg‘un ishlagan siyosiy hamkorlaridan biri deb atagan.

    'Rossiya sudi Kursk viloyatida asir olingan 184 nafar ukrainalikka hukm chiqardi'ning rasmi

    Dunyo 26.06.2025 07:47

    Rossiya sudi Kursk viloyatida asir olingan 184 nafar ukrainalikka hukm chiqardi

    Mazkur ishlar Rossiya sudlaridagi boshqa terrorizm ishlaridan tubdan farq qiladi.