Pokistonda so‘nggi kunlarda yog‘ayotgan kuchli musson yomg‘irlari va ularning oqibatida yuzaga kelgan favqulodda holatlar natijasida kamida 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Geo TV telekanali ma’lumotlariga tayanib, Oxu.Az'ning ma’lum qilishicha, eng ko‘p qurbonlar — 21 kishi — Xayber-Paxtunxva provinsiyasida qayd etilgan. Yana o‘lim holatlari Sind, Balujiston va Panjob viloyatlarida ham aniqlangan.
Kuchli yomg‘irlar va bo‘ronlar tufayli toshqin xavfi kamida shanba kunigacha saqlanib qolishi mumkin. Ob-havo noqulayligi zaif infratuzilmalar, elektr uzatish liniyalari, reklama bannerlari, transport vositalari va quyosh panellariga zarar yetkazmoqda.
Shuningdek, tog‘li hududlarda yuzaga kelgan ko‘chkilar ba’zi yo‘llarda harakatni vaqtincha to‘xtatgan.