AsosiyJinoyat

18 yoshli qizni chetga fohishalik uchun yuborayotgan ayol ushlandi

53 ayol moddiy jihatdan qiynalgan qizlarni mo‘may daromad topishga ishontirib, shahvoniy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.

'18 yoshli qizni chetga fohishalik uchun yuborayotgan ayol ushlandi'ning rasmi

Toshkent xalqaro aeroportida 31, 23 va 18 yoshli qizlarni Tailandga fohishalik uchun yuborayotgan 53 yoshli ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida yashovchi ayol jinoiy guruh tuzib, moddiy jihatdan qiynalgan qizlarni mo‘may daromad topishga ishontirgan. U qizlarni fohishalik va qo‘shmachilik qilish uchun Tailandga jo‘natib, ulardan foydalangan holda shahvoniy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti hududida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 53 yoshli ayol 3 nafar – 31, 23 va 18 yoshli qizlarni Tailandga jo‘natmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ayolning Tailanddagi 53 yoshli tanishi qizlarni kutib olib, ish bilan ta’minlashi evaziga 5 ming AQSH dollari yuborishi va 3 oy mobaynida fohishalik qilib, pul ishlab berishi sharti bilan kelishib olingani ma’lum bo‘lgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi protsessual tartibda qamoqqa olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sariossiyoda hokim o‘rinbosari firibgarlikda ayblanib qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 21.11.2025 08:28

    ''ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 21:54

    'Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 20:38

    Namanganda ta'lim tizimidagi mansabdorlar tomonidan tashkil qilingan "bunker" fosh etildi

    Bir qator o‘qituvchilardan imtihon natijalarini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan holda 1300–1500 AQSh dollar miqdorida pul talab qilgan.

    'Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 20.11.2025 11:37

    Toshkent va Namanganda 30 kg ga yaqin giyohvand modda bilan bog‘liq narkokuryerlar qo‘lga olindi

    Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bo‘yicha ish qo‘zgatildi.

    'Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 12:11

    Toshkentda soliq bosh inspektori pora olganlikda gumonlanib ushlandi

    Poytaxt Soliq boshqarmasining bosh inspektori 5 ming dollar pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo'lga olindi. Unga nisbatan "pora olish" moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

    'Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan'ning rasmi

    Jinoyat 19.11.2025 07:54

    Ikkina nafar IIV tezkor xodimi pora olayotganda ushlanib qolgan

    Sirdaryoning Xovos tumanida IIVning ikki nafar tezkor xodimi gumonlanuvchilarni qoʻrqitib, pul talab qildi.