AsosiyDunyo

Qarshi tibbiyot birlashmasida tenderlar bir firmaga topshirilganmi?

Holatga aniqlik kiritish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tekshiruv o‘tkazdi.

'Qarshi tibbiyot birlashmasida tenderlar bir firmaga topshirilganmi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan “laboratoriya xizmati” uchun o‘tkazilgan 20 dan ortiq tanlovlarida faqat bitta firma g‘olib bo‘lib kelayotganligi holati bo‘yicha tanqidiy material e’lon qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borildi.

Tekshiruv davomida  tegishli qonun buzilish holati alomatlari bilan Qarshi tuman tibbiyot birlashmasiga Maxsus komissiya tomonidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atildi.

“Ishni ko‘rib chiqish yakunlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, — deyiladi munosabatda.

    Boshqa yangiliklar