AsosiyDunyo

Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi

Tabiiy ofat kamida 41 ta hududga zarar yetkazgan.

'Turkiyada o‘rmon yong‘inlari sabab 50 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi'ning rasmi

Turkiyada so‘nggi kunlarda avj olgan o‘rmon yong‘inlari oqibatida 50 mingga yaqin fuqaro o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Fuqaro muhofazasi agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat kamida 41 ta hududga zarar yetkazgan. Ayniqsa, Izmir viloyatida yong‘in 130 dan ortiq uylarni talafotga uchratgan. Yong‘inni o‘chirish uchun mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 14 ta vertolyot safarbar etilgan.

Shuningdek, Bilecik viloyatida ham yong‘inlar qayd etilgan. 30 iyun kuni esa janubiy Hatay shahri yaqinida ham o‘rmonlar alangaga o‘ralgan.

Rasmiylar yong‘inlarga nisbatan kurash davom etayotganini va xavfsizlik choralarini kuchaytirganini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar