AsosiyDunyo

Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?

"Darakchi.uz'" Turkiyada yuz berayotgan yong‘inlar tavsilotini bir joyga to‘pladi.

'Turkiyada yonayotgan o‘rmonlar: yong‘inlar yoyilmoqda, yordam yetarlimi?'ning rasmi

Turkiyaning bir necha viloyatida yuqori harorat va kuchli shamol ortidan o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Ayniqsa, Izmir, Manisa, Mugla, Adana, Hatay, Aydin va boshqa hududlarda yong‘inlar bir vaqtning o‘zida bir necha nuqtada kuzatildi.

Izmirning Menderes va Seferixisar tumanlarida yong‘inlar 12 kilometrgacha maydonda tarqaldi. Hatto yozgi dam olish maskanlari, xonadonlar va avtotransport vositalari ham zarar ko‘rgan. 10 ta mahalla xavf ostida qolgan.

Manisaning Aqhisor tumanida yong‘in 3 kundan beri davom etmoqda. 3 ta samolyot, 5 ta vertolyot, 85 ta o‘t o‘chiruvchi mashina va yuzlab ishchi jalb qilingan.

Hatayning Antaqiya tumanidagi Qaraali mahallasidan alanga ko‘tarilgan. Yolqinlar aholi yashash hududlariga yaqinlashgan. Havo va yer orqali kurash olib borilmoqda.

Ayrim hududlarda — Antaliya, Mardin, Osmaniye, Aydin va Mersinda yong‘inlar nazoratga olingan. Ammo boshqa nuqtalarda xavf hamon saqlanib turibdi.

Turkiya xalqi kuchli shamol va 40 darajaga yaqin issiqda yong‘inlar bilan yakkama-yakka kurashayotgan bir paytda, savol ochiq qolmoqda: shunday favqulodda holatlarga qarshi tayyorgarlik darajasi yetarlimi?

Yo‘qolganlar bormi? Qurbonlar soni aniqmi? Yangi yong‘inlar qancha hududga tahdid solmoqda?

Ko‘zlar osmonda uchayotgan samolyotlarda, umidlar suv sepayotgan odamlarda. Ammo Turkiyaning nafas yo‘llari — o‘rmonlar — olovda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ohangaronda 30 million dollarlik “Premier” korxonasi ishga tushadi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:49

    Ohangaronda 30 million dollarlik “Premier” korxonasi ishga tushadi

    Loyiha doirasida 250 ta ish o‘rni yaratilib, yillik 4 million dollarlik eksport amalga oshiriladi.

    'NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.02.2026 15:23

    NATO Arktikaga o‘n minglab harbiy yuborishni rejalashtirmoqda

    Alyans "Arktika qo'riqchisi" (Arctic Sentry) missiyasi doirasida Grenlandiya va Norvegiyada keng ko'lamli mashqlar o'tkazadi.

    'Portugaliya Ichki ishlar vaziri dovul ortidan iste'foga chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 15:08

    Portugaliya Ichki ishlar vaziri dovul ortidan iste'foga chiqdi

    Portugaliya Ichki ishlar vaziri Mariya Lusiya Amaral lavozimidan isteʼfoga chiqdi.

    'Lavrov MDHda rus tilini faol targ‘ib qilishga va’da berdi'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 15:03

    Lavrov MDHda rus tilini faol targ‘ib qilishga va’da berdi

    Bu haqda u 11 fevral kuni Davlat dumasiidagi hukumat soatida so‘z yuritdi.

    'Истанбулдаги черковга ҳужум бўйича уч шахсга икки марта умрбод қамоқ жазоси берилди'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 12:13

    Истанбулдаги черковга ҳужум бўйича уч шахсга икки марта умрбод қамоқ жазоси берилди

    Istanbul og‘ir jinoyatlar sudi Sariyer tumanidagi Santa-Mariya katolik cherkoviga uyushtirilgan terror hujumi bo‘yicha ikki tojikistonlik va bir rossiyalikni har biri uchun ikki marta umrbod qamoq hamda qo‘shimcha 143 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.'ning rasmi

    Dunyo 11.02.2026 11:31

    Shavkat Mirziyoyev Qallibek Kamolov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

    Shavkat Mirziyoyev atoqli davlat va jamoat arbobi, mehnat faxriysi Qallibek Kamolovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.