Hindistonning janubida joylashgan Telangana shtatidagi kimyo zavodida sodir bo‘lgan kuchli portlash natijasida kamida 34 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyida o‘nlab kishilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonalarga yetkazilgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmatlari hozirda vayronalarni tozalash va jabrlanganlarni qutqarish ishlarini davom ettirmoqda.
Portlashning aniq sabablari hozircha rasman ma’lum qilinmagan. Mahalliy hukumat hodisani to‘liq o‘rganish bo‘yicha tergov boshlagan.
Bu voqea Hindistonda so‘nggi yillarda ro‘y bergan eng yirik sanoat fojialaridan biri sifatida qayd etilmoqda.