AsosiyDunyo

Sadir Japarov Moskvaga nega bordi?

U Putin bilan ikki tomonlama uchrashuvda nimalarga kelishib olmoqchi?

'Sadir Japarov Moskvaga nega bordi?'ning rasmi

Bugun, 2 iyul kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Moskvaga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Qirg‘iziston Prezidentining samolyoti “Vnukovo-2” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda Prezident Sadir Japarovni Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida davlat rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazadi.

“Tomonlar Qirg‘iziston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalarini, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sarmoyaviy sohalarni muhokama qiladi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar