AsosiyDunyo

Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini amalga oshirdi

Tinch aholi va ko‘chirilgan fuqarolar to‘plangan joylarga qaratilgan hujumlar oqibatida 39 falastinlik halok bo‘ldi.

'Isroil G‘azoga navbatdagi hujumini amalga oshirdi'ning rasmi

“Anadolu” agentligi xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azo sektorining janubiy va markaziy hududlariga bir nechta havo hujumlari uyushtirgan. Xususan, Xon-Yunus shahrining Al-Mevasi tumanida bir uyning nishonga olinishi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, shaharda ko‘chirilganlarga tegishli 3 chodir bombardimon qilinib, 12 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Markaziy G‘azodagi hujumlarda esa 5 dan ortiq odam turli joylarda halok bo‘lgan, jumladan, Salohoddin prospektida yordam punktiga ketayotgan fuqarolarga o‘q uzilishi oqibatida 10 kishi nobud bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohat oldi.

Deyr al-Balah va Rafah shaharlari ham nishonga olingan. Rafahda gumanitar yordam kutib turgan odamlarga bomba tashlangan, 5 kishi halok bo‘lgan.

Tahlilchilar bu hujumlarni tinch aholi orasida talafot keltiruvchi eng yirik zarbalardan biri sifatida baholamoqda. Isroil tomoni hozircha ushbu hodisalar yuzasidan izoh bergani yo‘q.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiya yana Odessaga yirik dron hujumini uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:12

    Rossiya yana Odessaga yirik dron hujumini uyushtirdi

    Hujum ortidan halok bo‘lganlar bor.

    'Ozarbayjon Rossiyaga da’vo qo‘ydi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:52

    Ozarbayjon Rossiyaga da’vo qo‘ydi

    Darakchi.uz Yekaterinburg voqealari, “Sputnik” janjallari va “Embraer” halokatini bir joyga to‘pladi.

    'Bali sohilida fojea: Parom halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:51

    Bali sohilida fojea: Parom halokatga uchradi

    Hodisa ortidan to‘rt kishi halok bo‘lgan, o‘nlab bedarak yo‘qolgan.

    'Ispaniyada kuchli o‘rmon yong‘inlari yuzaga keldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:41

    Ispaniyada kuchli o‘rmon yong‘inlari yuzaga keldi

    Kataloniyada 5000 gektardan ortiq maydon zararlangan.

    'Toqayev: “Kuch qonundan ustun bo‘lmasligi kerak”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:12

    Toqayev: “Kuch qonundan ustun bo‘lmasligi kerak”

    Ostona “SVMDA” shtab-kvartirasi ochildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:57