AsosiyJinoyat

Ohangaron hokimligi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi

3 xonali uyni rasmiylashtirib berish evaziga 18,5 ming dollar so‘ragan mansabdor DXX tomonidan ushlandi.

'Ohangaron hokimligi mansabdori pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahri hokimligida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlayotgan mansabdor shaxs ishonchni suiiste’mol qilgani fosh bo‘ldi.

U, go‘yoki, hokimiyat balansiga o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan uch xonali uy-joyni sud tizimidagi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Evaziga esa uy uchun 15 000 AQSH dollari, suddagi “tanishlar” uchun esa yana 3 500 dollar talab qilgan. Umumiy miqdor 18 500 dollarni tashkil etgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar jazoni ijro etish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mansabdor shaxs avans sifatida 9 500 dollarni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xorazmda oqlov hukmini chiqarib berishni va’da qilgan sudya ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 03.07.2025 21:01

    Xorazmda oqlov hukmini chiqarib berishni va’da qilgan sudya ushlandi

    Sudya bu “holis xizmati” uchun 15 ming dollar talab qilgan.

    'O‘zbekistondan Tojikistonga 60 ga yaqin avtomobil noqonuniy olib o‘tilgani va sotilgani aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 03.07.2025 18:42

    O‘zbekistondan Tojikistonga 60 ga yaqin avtomobil noqonuniy olib o‘tilgani va sotilgani aniqlandi

    Sakkiz kishidan iborat guruh a’zolari olib o‘tgan har bir mashinasi uchun 100−200 dollar olgan.

    'Yangiariq tuman sudyasi pora olgani fosh bo‘ldi'ning rasmi

    Jinoyat 03.07.2025 10:35

    Yangiariq tuman sudyasi pora olgani fosh bo‘ldi

    Holat yuzasidan Oliy sud rasmiy bayonot berdi.

    'Andijonda IIB xodimi vahshiylarcha o‘ldirib ketildi'ning rasmi

    Jinoyat 02.07.2025 14:49

    Andijonda IIB xodimi vahshiylarcha o‘ldirib ketildi

    Inspektorning o‘limiga sababchi bo‘lgan shaxs qildirilmoqda.

    '3 million dollarli firibgarlik: "Bank xodimi" va MCHJ rahbari ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 02.07.2025 09:59

    3 million dollarli firibgarlik: "Bank xodimi" va MCHJ rahbari ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Andijonda xonadonida qimor tashkil etgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 01.07.2025 18:09

    Andijonda xonadonida qimor tashkil etgan shaxs ushlandi

    4 mln 535 ming so‘m hamda 300 AQSH dollari, 4 dona hayvon suyagidan yasalgan oshiq, shuningdek, xonadon egasining 550 ming so‘m cho‘tal puli ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.