AsosiyDunyo

Bakuda hibsda saqlanayotgan 13 nafar rossiyalik bilan mamlakat konsuli uchrashdi

Konsul qamoqxonadagi mahbuslar bilan 3 soat davomida suhbat o‘tkazgan.

'Bakuda hibsda saqlanayotgan 13 nafar rossiyalik bilan mamlakat konsuli uchrashdi'ning rasmi

Bakuda hibsda saqlanayotgan kamida 13 nafar Rossiya fuqarosi bilan Rossiya konsuli uchrashdi. Ular orasida “Sputnik Ozarbayjon” rahbari va bosh muharriri ham bor. Dastlabki ayblovlar — firibgarlik, noqonuniy biznes va jinoyat yo‘li bilan topilgan mol-mulkni legallashtirish.

Ozarbayjonda 1 iyul kuni hibsga olingan Rossiya fuqarolari orasida “Sputnik Ozarbayjon” rahbari Igor Kartavyx hamda bosh muharriri Yevgeniy Belousov bor. Mahalliy OAV ularni “FSB agentlari” deb atamoqda. Boku sudi ularni “firibgarlik” va boshqa moddalar bo‘yicha hibsga oldi.

Keyinchalik sud yana 8 nafar rossiyalikni qamoqqa olishga qaror chiqardi. Ularning aksari IT sohasi vakillari bo‘lib, ayni paytda ular ham tergov ostida.

Rossiya konsuli hibsdagi vatandoshlar bilan 3 soat davomida uchrashuv o‘tkazdi. Ularning ahvoli va huquqiy himoyasi muhokama etilgani aytilmoqda.

Bu voqealar Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi keskinlashgan fon manzarasida ro‘y bermoqda. 27 iyun kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahrida hibsga olingan ozarbayjonliklardan ikki nafari politsiya bo‘limida vafot etgani Ozarbayjonda keskin norozilikni keltirib chiqargandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp Xitoyga nega bormoqchi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:37

    Tramp Xitoyga nega bormoqchi?

    “Bloomberg” tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, AQSH yetakchisi kuzda Xitoyga boradi.

    'Rossiya Ukrainani yana nishonga oldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:22

    Rossiya Ukrainani yana nishonga oldi

    Kiyevda 20 dan ortiq odam jarohat olgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:04

    'Krit orolida kuchli o‘rmon yong‘ini yuzaga keldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:50

    Krit orolida kuchli o‘rmon yong‘ini yuzaga keldi

    5 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.

    'Putin yana yutdimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:36

    Putin yana yutdimi?

    AQSHdan harbiy yordam to‘xtatilishi Yevropani ogohlantirdi.

    'Xatirchi hokimligi yahudiy mehmonlar bilan bog‘liq muhokamalarga oydinlik kiritdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:27

    Xatirchi hokimligi yahudiy mehmonlar bilan bog‘liq muhokamalarga oydinlik kiritdi

    Bayonotda aytilishicha, xorijlik Buxoro yahudiylari tarixiy merosni o‘rganish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.