AsosiyDunyo

Fransiya janubida o‘rmon yong‘inlari avj oldi

Aeroport yopildi, aholi tutundan himoyalanish uchun uyda qolishga chaqirilmoqda.

'Fransiya janubida o‘rmon yong‘inlari avj oldi'ning rasmi

Kecha, 8 iyul kuni tushdan boshlab Fransiyaning ikkinchi yirik shahri — Marsel aeroporti yong‘in xavfi tufayli vaqtincha yopildi.

Parvozlar boshqa yaqin aeroportlarga yo‘naltirilmoqda. Shahar atroflaridagi ayrim binolar mustasno, ommaviy evakuatsiya o‘tkazilmayapti — aksincha, fuqarolar uylarda qolib, ventilyatsiya teshiklarini ho‘l mato bilan yopishga chaqirilmoqda.

Yong‘in xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Marsel yaqinida 350 gektardan ortiq o‘rmon yong‘in qurboniga aylangan.

Yong‘inni o‘chirishga 170 dan ziyod o‘t o‘chirish xodimi, 60 dan ortiq texnika va 2 ta vertolyot jalb etilgan. Temiryo‘l va avtomagistralning bir necha qismida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

    Boshqa yangiliklar