AsosiyJAMIYAT

O'zbekiston – Kongo DR uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi

Bahsning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari vazifasini ispaniyalik Alexandro Ernandes hamda Diego Sanches bajaradi.

'O'zbekiston – Kongo DR uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqaradi'ning rasmi

Futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma’lum bo‘ldi.

Uchrashuvni Germaniyalik FIFA hakami Feliks Tsvayer boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Robert Kempter va Kristian Dits yordam beradi.

Bahsning to‘rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari vazifasini ispaniyalik Alejandro Ernandes hamda Diego Sanches bajaradi.

Ma’lumot uchun, Kongo Demokratik Respublikasi va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi bahs 28 iyun kuni AQShning Atlanta shahridagi “Atlanta Stadyum” arenasida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston terma jamoasi uchun jahon chempionati guruh bosqichidagi hal qiluvchi bahslardan biri hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar