Venesuelada 7,1 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Yer silkinishi mamlakat poytaxti Karakas shahrida ham sezilib, bir qator binolarga shikast yetkazgan. Bu haqda xalqaro ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, zilzila episentri Karakas shahridan taxminan 168 kilometr gʻarbda, Moron shahri yaqinida joylashgan. Yer osti silkinishlari oqibatida poytaxt va unga tutash hududlarda aholi orasida sarosima kuzatilgan.
Xabarlarga ko‘ra, dastlab 7,1 magnitudali zilzila sodir boʻlgan boʻlsa, orticha vaqt oʻtmay yana bir kuchli yer silkinishi qayd etilgan. Natijada ayrim binolar qisman qulagan, aholi xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilingan.
Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar soni boʻyicha rasmiy maʼlumot eʼlon qilinmagan. Mutasaddi tashkilotlar qidiruv-qutqaruv ishlarini olib bormoqda.






