AsosiyDunyo

Yevrokomissiya: “HAMAS insonparvarlik yordamini tortib olayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q"

Isroil tomonining ushbu da’volari fonida xalqaro bosim ortib bormoqda.

'Yevrokomissiya: “HAMAS insonparvarlik yordamini tortib olayotgani haqida hech qanday dalil yo‘q"'ning rasmi

Eing gumanitar hamkorlari haligacha G‘azoda faoliyat yuritmoqda.

“Bizda yordamni yetkazish uchun zarur tizim va infratuzilma bor. Ularni odamlarni ochlikdan qutqarish uchun zudlik bilan ishga tushirish kerak”, — deya ta’kidladi Grnchirova.

Unga ko‘ra, insonparvarlik yordami hech qachon xususiylashtirilmasligi, siyosiylashtirilmasligi yoki mojaro quroli sifatida ishlatilmasligi kerak. Shu bois, Yevropa Ittifoqi BMT va xalqaro tuzilmalarni chetlab o‘tib, AQSH va Isroil ko‘magida tashkil etilgan G‘azo jamg‘armasi bilan hamkorlik qilmaydi.

Ayni paytda, voqea joyidan tarqalgan videolarda G‘azodagi yordamlarni mahalliy falastinlik oilalar va qabila guruhlari aholiga tarqatayotgani ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, Isroil tomonining ushbu da’volari fonida xalqaro bosim ortib bormoqda. Ammo Yevrokomissiya bu borada hanuz hech qanday asosli dalil yo‘qligini bildirmoqda.

    Boshqa yangiliklar