AsosiyDunyo

Yevroparlament rossiyalik rasmiylarga sanksiya talab qildi

Yevroparlament Rossiya tomonidan noqonuniy ushlab turilgan ukrainalik fuqarolar masalasida rezolyutsiya qabul qildi.

'Yevroparlament rossiyalik rasmiylarga sanksiya talab qildi'ning rasmi

Yevroparlament qabul qilgan yangi rezolyutsiyada Rossiya tomonidan ushlab turilayotgan ukrainalik fuqarolarning ahvoli tanqid ostiga olingan.

DW muxbiri ko‘rgan hujjatga ko‘ra, Yevroparlament rossiyalik amaldorlar tomonidan ukrainaliklarga nisbatan qo‘llanilgan qiynoqlar uchun ularning har biriga shaxsiy sanksiyalar joriy etishni talab qilmoqda.

Shuningdek, Yevroittifoq va uning a’zolariga rus asirligidan chiqqan qurbonlarga tibbiy, psixologik, huquqiy va ijtimoiy reabilitatsiya yordamlarini kengaytirish tavsiya etilgan.

Parlament Ukraina va xalqaro nodavlat tashkilotlarining o‘g‘irlab ketilgan bolalar, harbiy asirlar va noqonuniy qamalgan shaxslar oilalarini qo‘llab-quvvatlashdagi xizmatlariga minnatdorchilik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar