AsosiyJamiyat

Bankni o‘marishga uringan erkak 5 yilga qamaldi

O‘yinchoq to‘pponcha bilan bankka kirgan erkak sudda aybini tan oldi.

'Bankni o‘marishga uringan erkak 5 yilga qamaldi'ning rasmi

Toshkentda bankni o‘yinchoq qurol bilan talon-toroj qilmoqchi bo‘lgan erkak Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining hukmi bilan 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Voqea joriy yilning aprel oyida sodir bo‘lgan. Niqob taqib bankka kirgan erkak ichkariga kirgan zahoti qo‘lga olingan. Prokuror unga 9 yil jazoni so‘ragan bo‘lsa-da, sud 164-modda 1-qism asosida 5 yillik jazo tayinladi.

Sud zalida u qilgan ishdan afsusdaligini aytib, qarzlar bosimi, tushkunlik holati va nabirasining o‘yinchoq quroli tasodifan yonida bo‘lganini ta’kidlagan. “Hech kimga tegmadim, pul ham olmabman. Hammadan uzr so‘rayman”, — degan sudlanuvchi.

    Boshqa yangiliklar