AsosiyBu qiziq

O‘zbekistonda dollar kursi tushdi

Dollar 100,05 so‘mga pastlab, 12 653,48 so‘m bo‘ldi.

'O‘zbekistonda dollar kursi tushdi'ning rasmi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 25 iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra:

 

dollar 100,05 so‘mga pastlab, 12 653,48 so‘m bo‘ldi;

yevro 106,47 so‘mga tushib, 14 871,64 so‘m bo‘ldi;

rubl 2,91 so‘mga pastlab, 159,75 so‘mni tashkil etdi.

 

Ma’lumot uchun, bundan avval dollar kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 12 762,53 so‘m bo‘lgandi. Dollar rasmiy kursining yil boshidan buyon eng past qiymati 24 iyunda 12 410,99 so‘mni tashkil etgandi.

    Boshqa yangiliklar