AsosiyDunyo

Yevropa Ittifoqi aeroportlari qo‘l yukidagi suyuqliklarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, qo‘l yukida 100 ml.dan ortiq butilkalarni olib yurish taqiqlanadi.

'Yevropa Ittifoqi aeroportlari qo‘l yukidagi suyuqliklarga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiladi'ning rasmi

Yangi tekshiruv uskunalari yo‘lovchilarga katta hajmdagi butilkalarni bortga olib chiqish imkonini beradi, ammo hozircha barcha aeroportlarda emas.

Yevropalik aviayo‘lovchilardan tez orada suyuqliklarni qo‘l yukida tashishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanishi mumkin. Yevrokomissiya qit’a aeroportlarida katta konteynerlar tarkibini skanerlash imkoniyatiga ega uskunalarni joylashtirishni rejalashtirmoqda.

Amaldagi qoidalarga ko‘ra, qo‘l yukida 100 ml dan ortiq butilkalarni olib yurish taqiqlanadi, dori-darmonlar va bolalar ovqatlari bundan mustasno.

    Boshqa yangiliklar