Oliy sud "Toshshahartransxizmat" sobiq rahbari Anvar Jo‘rayevga nisbatan hukmning yengillashtirilishiga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, apellyatsiya instansiyasi sudlov hay’ati dastlabki hukmni o‘zgartirib, 7,5 yil ozodlikdan mahrum qilish o‘rniga 4,5 yil ozodlikni cheklash jazosini tayinlagan.
Bunga asosiy sabab — Jo‘rayev va boshqa sudlanuvchilar tomonidan jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,4 milliard so‘mlik zarar to‘liq qoplangani bo‘ldi.
Sudga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 167-moddasi 4-qismida zarar qoplanganda og‘irroq jazolar qo‘llanilmasligi nazarda tutilgan. Shuningdek, Jo‘rayev 3 yil muddatga moddiy javobgarlik va boshqaruv lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etilgan.
Sud qaroridan norozi bo‘lgan fuqarolar nazorat tartibida shikoyat yoki protest keltirishi mumkin.