O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, dollar, yevro, rublning rasmiy kursi ko‘tarildi. Unga ko‘ra, dollar 90,78 so‘mga oshib, 12 593,77 so‘mni tashkil qilgan. Yevro kursi ham 213,48 so‘mga ko‘tarildi va 14 698,19 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli esa 2,55 so‘mga yuqorilab, 158,49 so‘mni tashkil etdi.