Turkiyaning Balikesir provinsiyasi Sindirgʻi shahrida kuchli zilzila sodir boʻldi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, zilzila magnitudasi 6,1 balni tashkil qilgan. Tabiiy ofat ortidan hech kim jabrlanmagan.
Bundan tashqari Turkiyaning turli shaharlarida, jumladan, Istanbulda ham yer silkinishi sezilgan.