Xorazm viloyati Gurlan tumanida soliq xodimi fuqaroni aldab pul talab qildi. Bu haqda Daxvat xavfsizlik xizmatining axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tumanning “Soliq servis” davlat unitar korxonasi bosh mutaxassisi o‘z mavqeidan foydalangan holda soliq idoralaridagi tanishlari orqali 2 nafar mahalliy fuqaroga ular muqaddam hech qaerda ishlamagan bo‘lsalar-da, 2025 yil yanvar oyidan iyun oyigacha bo‘lgan davrda ularga ish haqi hisoblab, bu haqida ma’lumotnoma rasmiylashtirib berishini aytgan.
“So‘ng mutaxassis o‘z xizmati evaziga 12 mln 500 ming so‘m olgan vaqtida ushlandi”, — deyiladi xabarda.
Hozirda fuqaroga nisabatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.