AsosiyJamiyat

Navoiyda uylar suv ostida qoldi

Suv toshishi oqibatida uylarning devorlari ostidan suv sizib chiqqan natijada, uylarga zarar yetgan.

'Navoiyda uylar suv ostida qoldi'ning rasmi

Joriy yilning 2 avgust kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida suv quvuri yorilishi oqibatida baʼzi bir uylarni suv bosgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Bildirilishicha, tungi soat 01:50 da shahardagi “Tashqi suv taʼminoti birlashgan energiya xizmati” 6-nasos stantsiyasiga qarashli diametri 1250 mm boʻlgan sanoat-texnik suv quvuri yorilishi oqibatida suv toshgan.

Suv toshishi ortidan Taraqqiyot koʻchasidagi uylarning devorlari ostidan suv sizib chiqqan natijada, baʼzi uylarga zarar yetgan.

Vazirlik bergan maʼlumotlarga koʻra, zudlik bilan shahar FVB qutqaruvchilari voqea joyiga etib borib, maxsus texnikalar yordamida hodisa oqibatlarini bartaraf etgan. Tan jarohati olganlar esa aniqlanmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:05

    Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026 yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi.

    2026 yil 28 fevral kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyatiga Parij shahridan nufuzli xalqaro meʼmoriy mukofot — Prix Versailles tanlov qoʻmitasidan rasmiy maktub kelib tushdi.

    'Netanyahu o'ldimi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:38

    Netanyahu o'ldimi?

    Eron uning ofisiga zarba berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:30

    'Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:37

    Eron dunyodagi eng yirik neft majmuasiga zar'ba berdi

    Hodisa oqibatida obyekt hududida yong‘in yuzaga kelgan.

    'Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:42

    Prokuror xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари асосида иш қўзғатилган.

    'Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Oʻzbekiston TIV fuqarolarga Yaqin Sharqqa safarlarni kechiktirishni tavsiya qildi

    Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgani sabab fuqarolarni xorijga chiqish masalasida ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi.