Qoʻmita bu holatni texnik nosozlik bilan izohladi.
Davlat soliq qoʻmitasi elektron soliq xizmatlari portalida roʻy bergan texnik muammo sababli ayrim tadbirkorlarning hisoblarida notoʻgʻri soliq qarzdorligi yuzaga kelgan va bank orqali mablagʻlar yechib olingan.
Qoʻmitaga koʻra, muammo bartaraf etilganidan soʻng barcha maʼlumotlar tiklanadi va yechilgan mablagʻlar tadbirkorlarga qaytariladi. Hozircha aniq qancha mablagʻ yechilgani maʼlum qilinmagan.