AsosiyJamiyat

Namanganda 473 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Qoidabuzarlik natijasida davlatga katta miqdorda zarar yetkazilgan.

'Namanganda 473 million so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi'ning rasmi

“O‘zenergoinspektsiya” Namangan viloyat boshqarmasi va “Hududgaz Namangan” GTF tomonidan o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida Namangan tumanida fuqaro A.I.ga tegishli novvoyxona tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qonunbuzarlik elektro ta’minot korxonasiga 473 million so‘m zarar yetkazgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar