O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari sa’y-harakatlari bilan Qozog‘iston hududida mushkul ahvolda qolgan yurtdoshlarimizni Vatanga qaytarish boyicha choralar ko‘rilayapti.
Bosh konsulxonadan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan D.N. hamda K.R. va uning 2021 yilda tug‘ilgan farzandi M.A. Qozog‘istonda mushkul vaziyatga tushib qolganliklarini bildirgan holda, oilasi bag‘riga etib olishi uchun moddiy yordam so‘ragan.
O‘zbekiston diplomatlari tomonidan mavjud holat o‘rganilganidan so‘ng, hamyurtlarimizga 16 avgust va 18 avgustga belgilangan Olmaota-Nukus yo‘nalishidagi aviareyslarga chipta sotib olib berildi.
Ta’kidlash joizki, vatandoshlarimiz O‘zbekistonda 30 iyuldan 30 avgustgacha e’lon qilingan "Vatanga qaytarish" insonparvarlik loyihasi doirasida yaqinlari bag‘riga qaytarilmoqda.