Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastin hududlaridagi Inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Francheska Albanese HAMAS harakati borasida jamoatchilikda shakllangan stereotiplarga e’tiroz bildirdi. Uning aytishicha, ko‘pchilik HAMAS nima ekani haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega.
“HAMAS — bu siyosiy kuch. U 2005-yilgi demokratik saylovlarda g‘alaba qozongan va shundan beri G‘azo sektorida amalda hokimiyat tepasida. HAMAS kimlargadir yoqmasligi mumkin, lekin u maktablar, shifoxonalar, ijtimoiy infratuzilma qurdi. Ularni faqat terrorchilar sifatida ko‘rsatish bir tomonlama yondashuv”, — deydi Albanese.
Uning fikricha, HAMAS faqat qurolli harakat emas, balki G‘azo aholisining bir qismini ifodalovchi siyosiy kuch bo‘lib, ularning mavjudligini inkor etish xalq irodasini inkor etish bilan barobar.
Mazkur bayonat xalqaro maydonda bahsli qarshi fikrlarni keltirib chiqardi. Isroil hukumati va uning ittifoqchilari BMT vakilining bu so‘zlarini keskin tanqid qildi. Ammo inson huquqlari bo‘yicha himoyachilar Falastinadagi murakkab siyosiy kontekstda har ikki tomonning pozitsiyalarini tushunishga chaqirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, HAMAS harakati G‘azo sektorini 2007 yildan beri boshqarib kelmoqda va ko‘plab davlatlar, jumladan AQSh va Europa Ittifoqi uni terrorchi tashkilot deb hisoblaydi. Shu bilan birga, u Falastinadagi ijtimoiy hayotda muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.