AsosiyDunyo

Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan mamlakatchidagi shifoxona yonib ketdi

Rossiyaning Volgograd shahrida ukrayn dronlari hujumidan so‘ng neftni qayta ishlash zavodi va shifoxona binosida yong‘in yuz berdi.

'Rossiyaning Ukrainaga hujumi ortidan mamlakatchidagi shifoxona yonib ketdi'ning rasmi

19 augustga o‘tar kechasi Volgograddagi "Lukoil" kompaniyasiga qarashli neftni qayta ishlash zavodi (NQIZ)ga dronlar zarbasidan so‘ng yong‘in chiqqani ma’lum qilindi. Bu haqda viloyat gubernatori Andrey Bocharov bayonot berdi. Shuningdek, shahardagi 16-sonli kasalxona binosining tom qismida ham alanga chiqqani tasdiqlandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar yo‘q, bemorlar boshqa bo‘limlarga ko‘chirilgan. Mahalliy manbalarga ko‘ra, Volgograd va uning atrofida bir kechada 15 dan ortiq portlash ovozlari eshitilgan. Rossiya Mudofaa vazirligi tungi hujum chog‘ida 13 ta dron urib tushirilganini ma’lum qilgan. Mazkur NQIZ bir necha kun oldin ham hujumga uchragan edi. Ukraina tomoni bu zavod Rossiya armiyasini yoqilg‘i bilan ta’minlayotganini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar