AsosiyJamiyat

Navoiyda oltin koni boshlang‘ich bahosidan qariyb 17 baravar yuqori narxga sotildi

Auktsion 12 soat davom etib, bu vaqt oraliq'ida jami 309 ta taklif berilgan.

'Navoiyda oltin koni boshlang‘ich bahosidan qariyb 17 baravar yuqori narxga sotildi'ning rasmi

Kecha, 18 avgust kuni Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan  “Temirchi” oltin koni auktsionda 67 mlrd 780 mln 777 ming so‘mga sotildi. Bu haqda E-auksion platformasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lum qilinishicha,  “Temirchi”ning boshlang‘ich bahosi 4 mlrd 120 mln 412 ming so‘mni tashkil etgan. Boshlang‘ich bahodan qariyb 16,5 baravar yuqori narx – 67 mlrd 780 mln 777 ming so‘m taklif qilib, konni sotib olgan.

Auktsion 12 soat davom etib, 309 ta taklif tushgan.Yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Zauris” joriy yilning iyul oyida Toshkentda tashkil etilgan. Asosiy faoliyat turi – rangli metall rudalarini qazib olish.

Ma’lumot uchun, “Temirchi” oltin koni Zafarobod qishlog‘idan 26,7 km shimoli-g‘arbda va Navoiy shahridan 35 km shimolda joylashgan. Uning maydoni 249 gektar bo‘lib, lot hujjatlariga ko‘ra, kon zahirasi 6 tonna oltinni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar