Jinoiy ishlar bo‘yicha Nurafshon shahri sudining hukmiga ko‘ra, 1999 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan V.D. Jinoyat kodeksining 156-moddasi (milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish) 2-qismi va 158-moddasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.
Sud unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni manzil-koloniyada o‘tashi belgilangan.
Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan bo‘lib, tomonlar qonunda belgilangan tartibda Toshkent viloyat sudiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat kiritish huquqiga ega.