AsosiyBU QIZIQ

Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan ilk vaksina sinovdan o'tkazildi

Bu vaksina yordamida gripp, COVID-19 va boshqa kasalliklarga qarshi kurashish rejalashtirilmoqda.

'Sun'iy intellekt yordamida yaratilgan ilk vaksina sinovdan o'tkazildi'ning rasmi

AQShda olimlar sun’iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan dunyodagi ilk vaksinani klinik sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda BBC ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mutaxassislar ushbu vaksinani yaratish uchun sun’iy intellektdan foydalangan. Shuningdek, viruslarning turli variantlariga qarshi samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqsil tuzilmalarini tahlil qilgan holda mazkur vaksina dizaynini ishlab chiqqan.

Loyiha mualliflarining aytishicha, texnologiya an’anaviy tadqiqotlar uchun zarur bo‘ladigan vaqtni bir necha yilga qisqartirishi mumkin. Bu esa pandemiyalar va tez tarqaluvchi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozircha vaksina insonlarda xavfsizlik va samaradorlik nuqtai nazaridan sinovdan o‘tkazilmoqda. Dastlabki natijalar ijobiy bo‘lsa, tadqiqotchilar texnologiyadan gripp, COVID-19 va boshqa kasalliklarga qarshi yangi avlod vaksinalarini yaratishda foydalanishni rejalashtirmoqda.

    Boshqa yangiliklar